Obameyyang: "Arsenal" Yevropa ligasi g'olibiga aylanmoqchi"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang "Vorskla"ga qarshi bahsdan (4:2) so'ng jamoaning Yevropa ligasidagi maqsadi haqida gapirdi.

"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik va ikkinchi bo'lim boshida 4ta gol urdik. Ammo so'nggi daqiqalarda 2ta to'p o'tkazib yubordik, bu borada ishlashimiz kerak.

Maqsadimiz - Yevropa ligasi g'olibiga aylanish. Ayniqsa men, chunki o'tgan mavsum ushbu turnirda o'ynamadim, musobaqaga qaytganimdan xursandman. Finalda o'ynamoqchimiz, maqsadimiz shu.

APL - uzoq davom etadigan turnir, oldimizda ko'plab uchrashuvlar kutib turibdi, Yevropa ligasida esa o'yinlar kamroq. Turnirni g'alaba bilan boshlaganimiz yaxshi bo'ldi. Keyingi uchrashuv ham muhim" - deydi Obameyyang.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com