Oblak "Atletiko" bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak yangi shartnoma bo'yicha Madrid klubi rahbariyati bilan kelishuvga erishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli sloveniyalik posbon yaqin vaqt ichida "Atletiko" bilan yangi bitim imzolaydi. Oblakning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

Oblak 2014 yildan beri "Atletiko" sharafini himoya qiladi. Sloveniyalik darvozabon joriy mavsum LaLiganing 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 15ta bahsda darvozasini "quruq" saqlab qoldi.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS