Oblak: "Atletiko" yetakchi bo'lsa-da, barcha "Real" va "Barselona" haqida gapirdi"

Mirjalol Normatov
1 iyun 2021
"Atletiko" posboni Yan Oblak jamoasining ushbu mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdi.

"Mavsumning dastlabki qismi ajoyib o'tdi. Garchi 50 ochko to'plagan bo'lsak-da, barcha "Real" va "Barselona" haqida gapirdi. Balki, g'oliblar muhokama qilinmaydi degan gap shu yerda o'z manosini topar.

Ochkolar yo'qotishni boshlaganimizda esa mavsumni qaysi o'rinda yakunlashimizni o'ylamadik va shunchaki navbatdagi o'yinda yutishga harakat qildik. Mavsum davomida boshqa jamoalarni bosimda ushlab tura oldik. Demak, barchamiz o'z mehnatimizdan mamnun bo'lishimiz kerak", - dedi futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal