Odil Ahmedov: "Krasnodar" men uchun to'g'ri tanlov bo'ldi"

Nadirkhuja Yuldashev
11 iyun 2014
Bugun "Krasnodar" jamoasi Odil Ahmedovning transferi haqida rasmiy ma'lumot berdi.
Bugun tongda Toshkentga qaytib kelgan futbolchi saytimiz mehmoni bo'ldi.

"Avvalo "Anji"dagi faoliyatim uchun dog'istonliklarga katta rahmat aytaman. Uch yil davomida Rossiya premer-ligasida yaxshi mavsumni o'tkazdim. Qolaversa, Yevropa ligasida debyut qildim. Bu men uchun katta maktab bo'ldi. Afsuski, "Anji" quyi ligaga tushib ketdi. Ammo bu jamoa muxlislar uchun yana kuchlilar safiga qayta olishiga ishonchim komil. O'zimga kelsam, oldimda variantlar ko'p edi. "Krasnodar" rahbariyati meni o'z safida ko'rishni istadi. Bu futbolchi uchun juda muhim. Ishonch bor joyda futbolchi o'zini erkin his etadi. "Krasnodar"ni tanlashimga yana bir sabab, bu yerda bolalar futboliga juda katta e'tibor qaratiladi. "Anji"ga esa yana bir bor rahmat aytaman", - deydi Odil Ahmedov.

- SSKAdan ham taklif borligi haqida xabar chiqqandi?

- Ulardan tashqari arab klublaridan yaxshi shartnoma taklif qilishgandi. Ammo men Rossiyada qolishni istadim. SSKAning Rossiyada tutgan o'rni katta. Bu jamoa amaldagi chempion hisoblanadi. "Krasnodar" esa meni o'z safiga qo'shib olishni anchadan beri xohlayotgan edi. Yilma yil natijasi yaxshilanib borayotgan klubda o'z o'rnimga ega  bo'laman degan umiddaman.

P.S: Saytdan ma'lumot olayotganda manzilni ANIQ va TINIQ ko'rsatish talab etiladi!

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia