OFK "Shandun Tayshan"ni turnirdan chetlatdi

Alisher
19 fev 2025
Xitoyning "Shandun Tayshan" klubi OCHL 8-tur doirasidagi "Ulsan Xyonde"ga qarshi o'yinda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab musobaqadan chetlatildi.

"OFK Chempionlar ligasi-2024/25 yilgi mavsum musobaqalari reglamentining 5.2-bandiga muvofiq, Xitoyning "Shandun Tayshan" futbol klubi liga (Sharq) bosqichi doirasidagi "Ulsan XD"ga qarshi o'yinda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab turnirdan chiqarilgan deb hisoblanadi", - deyiladi konfederatsiya xabarida.

Klub futbolchilarning sog'ligidagi muammolar sabab o'yin uchun qaydnomani shakllantira olmaganini ma'lum qildi.

"Shandun Tayshan" ilk etti o'yinda 10 ochko jamg'argan va jamoaning pley-offga chiqishi uchun "Ulsan" bilan durang ham etarli bo'lar edi.


AlisherMuallif
Manba: the-afc.com