

"Bunyodkor" futbolchisi o'yinning birinchi daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Bungacha esa Yaponiya terma jamoasi futbolchisi Ueedaning 5-daqiqada kiritgan goli eng tez gol sifatida qayd etilgandi.
Shuningdek, 2014 yil chorak final o'yinida Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi Ba Ek Sungning Suriya terma jamoasi darvozasiga 3-daqiqa kiritgan goli musobaqa tarixidagi eng tez gol hisoblanardi. Hamyurtimiz esa ushbu rekordni yangiladi.
Saytimiz orqali O'zbekiston va Iroq olimpiyachilari o'yinining matnli translyatsiya olib borilmoqda. Olg'a O'zbekiston!



