OFKning "Pro" licenziyasi bo'yicha murabbiylik o'quv-kursining 3-moduli Belgiyada davom etmoqda

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025
O'FA tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasining "Pro" licenziyasi murabbiylik kurslari Belgiyada tashkil qilinyapti.

Kurs jarayonida FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon hamda O'FA texnik direktori Gi Kiala boshchiligida murabbiylarga Yevropa tajribasi asosida zamonaviy ko'nikmalar berib borilmoqda.

Belgiya futbol markazida tashkil etilayotgan darslar davomida terma jamoalar tahlili, strategik yondashuvlar, futbolchilarning individual va jamoaviy tayyorgarligini rivojlantirishga oid nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати