

Mazkur uchrashuv 12 oktyabr kuni BAAda o'tkazilishi ko'zda tutilgan edi. Raqiblar sifatida markaz vakillari Yangi Zelandiya, Tunis va Kamerun bilan muzokara olib borayotgan edi. Aftidan bu safargi urinishlar ham besamar bo'ldi.
Kamerun terma jamoasi 11 oktyabr kuni Nigeriya bilan, 16 oktyabr kuni Kongo bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishgan.
Tunis 9 oktyabrda Gabon, 19 oktyabr kuni Liviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan bo'ldi. Yangi Zelandiya esa navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 17 noyabr kuni Livanga qarshi o'tkazadi.




