"O'ldirsa ham osh o'ldirsin". Dohada O'zbekiston U-23 terma jamoasi a'zolariga osh berildi

Narzulla Saydullayev
1 may 2024
Kuni kecha Indoneziyani 2:0 hisobida mag'lub etgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

Kecha Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoa a'zolariga bir kunlik dam berildi va futbolchilar kechki ovqatda osh tanovul qilishdi. Videoni Jahongir Fayzullaev olgani uchun ko'p futbolchilar kamera kelganida u bilan hazillashishganini takidlash lozim. Bu aslo futbolchilar xotirjamlikka berildi degani emas. Fayzullaev ular bilan yaxshi munosabatda bo'lgani bois futbolchilar bemalol erkin gapirishdi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia