Olich: “Xoland hali ko'p bizni hayratda qoldiradi”

Xorvatiyalik sobiq hujumchi Erling Xoland haqida gapirdi.

“Albatta, so'nggi vaqtlarda u ko'pchilikni hayron qoldirdi. Avstriya va Germaniya chempionatlari o'rtasida katta farq bor. Biroq u Avstriyada qanday gol urgan bo'lsa, xuddi shu ishni Germaniyaning eng yuqori darajadagi chempionatida ham davom ettirmoqda. Futbolchi deyarli har bir o'yinda gol urmoqda. U bizni hali ko'p yillar davomida hayron qoldiradi deb o'ylayman”, - Ivica Olich.


Manba: Sport24