“Olimpiko“ Klaudio Raneri bilan chiroyli xayrlashdi

Khoja
19 may 2025
Kecha “Roma“ o'z uyida “Milan“ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv 3:1 hisobida rimliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahs “bo'rilar“ ustozi Klaudio Ranerining “Olimpiko“ stadionidagi so'nggi uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvni bevosita 70 ming nafar muxlis stadiondan kuzatdi va Klaudio Raneri uchun maxsus perfomans yaratishdi.

Eslatib o'tamiz, Klaudio Raneri jamoani o'tgan yilning noyabr oyida qabul qilib olgandi. O'shanda jamoa 12-turdan so'ng 13 ochko bilan 12-pog'onada ketayotgandi. Ayni vaqtda “Roma“ chempionat yakuniga 1 tur qolganida musobaqa jadvalining 5-pog'onasida joylashgan. Murabbiy mavsum yakunidan so'ng murabbiylik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.



KhojaMuallif
Manba: sports.ru