Omar Xrbinga "Eng yaxshi to'purar" sovrini topshirildi (FOTO)

Xayrulla Xoliqov
26 noya 2017
Kecha bo'lib o'tgan Osiyo chempionlar ligasida finalida Yaponiyaning "Urava Reds" klubi 1:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida ikkinchi bor OCHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Birinchi g'oliblik 2007 yilda ro'y bergandi.

O'yindan so'ng "Al Hilol" hujumchisi Omar Xrbinga OFK Prezidenti Shayx Salmon "Eng yaxshi to'purar" sovrinini topshirdi. Ma'lumki, suriyalik futbolchi bu yilgi musobaqada jami 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va bu borada Rafael Silva bilan Xalkni bitta to'pga ortda qoldirdi.

Albatta, sovrinni qabul qilib olayotganda hujumchining kayfiyati yaxshi emasdi. Chunki uning jamoasi finalda g'olib bo'la olmadi. Lekin Omar Xrbin bu mavsumni juda yuqori notada o'tkazdi va ham terma jamoa, ham klub miqyosida katta obro'ga erishdi. Aytish mumkinki, oxirgi to'rt yilda Xrbin ikkinchi bor OCHL finallarida ishtirok etdi.



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com