Opta "Manchester Siti"ning muvaffaqiyatiga ishonmayapti

Alisher Ostonov
15 mar 2026
Angliya chempionatining 30-turidan o'rin olgan "Vest Xem"ga qarshi o'yindan so'ng, "Manchester Siti" ushbu mavsumda to'rtinchi marta peshqadamdan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, "shaharliklar"ning "bolg'achilar" bilan uchrashuvi durang bilan yakunlandi - 1:1.

APLda 30 va undan ortiq o'yin o'tkazib, peshqadamdan 9 ochkodan ko'proq ortda qolib, g'alaba qozongan yagona jamoa 2013-14 yilgi mavsumda "Manchester Siti"ning o'zi bo'ladi. Bu haqda Opta statistik portali e'lon qilgan ma'lumotda keltirilgan.

Ketma-ket ikkinchi durangdan keyin Opta superkompyuteri "Siti"ning chempion bo'lish imkoniyatini atigi 2,43 foizga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Opta