"Orenburg" 10 yanvar kuni tatildan qaytadi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2016
Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Orenburg" klubi 10 yanvar kuni tatilni yakunlaydi va o'sha kuniyoq Turkiyaga uchib ketadi.

– Jamoa 10 yanvar kuni tatildan qaytadi. O'sha kuni Moskva aeroportida yig'ilamiz va Turkiyaga uchib ketamiz. Uchala yig'in ham Antalyada bo'ladi. Birinchisi 10-22 yanvargacha, ikkinchisi 27 yanvardan 8 fevralgacha, uchinchisi 13-25 fevral kunlari bo'lib o'tadi. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblar keyinroq ma'lum bo'ladi, - deydi klub matbuot xizmati vakili Sorokin "Sport-Ekspress" nashriga.

Eslatib o'tamiz, "Orenburg" klubi safida o'zbekistonlik Vadim Afonin o'ynaydi.

.

Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru