O'rtoqlik bahsida "Liverpul" va "Atletik" murosa ko'chasini tanladi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2021
Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning "Atletik" jamoalari o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Shiddatli kechgan bahsda tarozi pallalari teng keldi. Jota "qizillar"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'limga Berenger o'z so'zini aytib, muvozanatni tikladi. Shu tariqa uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.


Liverpul (Angliya) – Atletik (Ispaniya) 1:1 (1:0, 0:1)

8 avgust, 20.30, "Enfild"

Gollar: 1:0 – 13 Diogu Jota, 1:1 – 53 Berenger.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson (Bek, 46), Matip, van Deyk (Uilyams, 72), Mane, Keyta (Morton, 84), Salax, Milner, Diogu Jota (Vudbern, 72), Elliott (Keyn, 84).

Atletik – Agirrezabala, Vivian (Pecha, 64), Balensiaga (Lekue, 64), Martines (Paredes, 83), De Markos (Uilyams, 64), Sanset (Nunes, 64), Dani Garsiya (Vesga, 83), Muniain (Raul Garsiya, 64), Vensedor (Sarraga, 76), Berenger (Morsilo, 76), Uilyams (Vilyalibre, 64).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia