O'rtoqlik o'yini. Sonning dubli “Tottenxem”ga yirik g'alaba keltirdi

Eldor Akmurzayev
22 avg 2020
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “shporlar” Angliya 3 divizioni jamoasi “Ipsvich Taun” bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Joze Mourinyu shogirdlari ilk taymda kiritilgan gollar evaziga bahsda yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Son Xyon Min dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, yana bir golga Rayan Sessenon mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, londonliklar navbatdagi mavsum oldi uchrashuvini 28 avgust kuni “Reding”ga qarshi o'tkazadi.

Tottenxem (London) - Ipsvich Taun (Ipsvich) - 3:0 (3:0)

Tottenxem Xotspur

Gollar: Sessenon, 6 (1:0); Son, 10 (2:0); Son, 29 (3:0).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia