O'runov "Ufa"ga qaytish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi

Alisher
18 avg 2021
"Spartak" (Moskva) yarim himoyachisi Oston O'runov "Ufa"da tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va yaqin kunlarda klub bilan shartnoma imzolaydi.

O'zbekistonlik futbolchi Boshqirdiston jamoasida ijara asosida o'ynashi kutilmoqda.

"Qizil-oqlar" 20 yoshli o'yinchini "Ufa"dan 2020 yilning avgustida xarid qilishgan va transfer narxi 1 million evroni tashkil etgan edi.

Xavbek moskvaliklar tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport24