Osiyo futboli. Fabio Kannavaro: "Kurash oxirgi turgacha kechadi"

Xayrulla Xoliqov
10 okt 2018
Xitoyning "Guangju Evergrand" klubi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro OFK sayti uchun intervyu berdi.

Intervyu davomida italiyalik sobiq futbolchi Xitoy Superligasidagi raqobat haqida gapirdi:

"Chempionat juda qiziq o'tyapti. Biz birinchi o'rindagi "Shanxay SIPG"dan to'rt ochko ortda qolyapmiz. Chempionat tugashiga hali beshta tur bor va kurash oxirgi turgacha kechadi. Men anchadan beri futboldaman va vaziyat birdaniga o'zgarib kyetishi mumkinligini ko'p bor ko'rganman. O'ylaymanki, "Shanxay SIPG" qachondir qoqiladi va biz bundan foydalanib peshqadamga aylanib olamiz. Chempion kim bo'lishi hali ma'lum emas".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia