Osiyo xabari. Fabio Kannavaro rasman “Guangju”da ish boshladi

Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro rasman Xitoyning “Guangju Evergrand” klubi murabbiylar shtabida ishlaydigan bo'ldi.
Avvalroq 66 yoshli mutaxassis Marchello Lippining jamoadan kyetishi kutilgandi, biroq murabbiy keyinchalik qarorini o'zgartirib klubda qolishini ma'lum qildi. Qog'ozda Marchello Lippi bosh murabbiy deb yozilaveradi, ammo asosiy ish bundan buyon Kannavaro zimmasiga tushadi.

Buni Marchello Lippi quyidagicha izohladi: “Men endi yosh emasman va har doim ham jamoa bilan birga bo'lolmayman. Lekin buyog'iga e'tiborimni klub infratuzilmasiga qaratmoqchiman. Mashg'ulotlarni esa Fabio olib boradi”.


Manba: championat.asia