Otabek Haydarov operaciya qilindi FOTO

Narzulla Saydullayev
16 dek 2016
"Qo'qon-1912"ning iqtidorli hujumchisi Otabek Haydarov shu kunlarda, Rossiya davlatining poytaxti, Moskva shahrida bo'lib turibdi.

Otabek Haydarov oliy liga, 28-turidagi “Mashal” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda jarohat olib maydonni erta tark etgan edi. Dastlabki tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchi jarrohlik stoliga yotishi lozimligi ma'lum bo'ldi.

Kuni kecha Otabek Haydarov Moskva shahrida operciya qilindi. Operciya muvaffaqiyatli yakunlangan. Hozirda futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda. Rossiyalik shifokorlarning ma'lum qilishicha futbolchimiz 2 oydan so'ng maydonga qaytishi mumkin.

Biz Otabekka yaratgandan shifo so'rab, tezroq tuzalib safga qaytishini kutib qolamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz