O'zbekiston Kubogini ketma-ket 2 marta yutgan murabbiylar. Xomyakov bugun ular safiga kiradimi?

Khoja
29 okt 2025
Mavsumning qizg'in pallasida "Buxoro" jamoasida bosh murabbiy o'zgardi.

Ulug'bek Bakaevning o'rnini egallagan Aleksandr Xomyakov "Buxoro"ni O'zbekiston Kubogi finali sari etakladi.

O'tgan mavsum "Andijon" bilan O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan mutaxassisda ketma-ket ikkinchi marotaba mazkur turnirda g'olib chiqish imkoniyati mavjud.

Aleksandr Xomyakov bu natija orqali Mirjalol Qosimov, Tachmurad Agamuradov, Ravshan Haydarov, Ro'ziqul Berdiev, Shota Arveladze, Andrey Miklyaev kabi mutaxassislar qatoridan joy olishi mumkin, chunki bu murabbiylar ishlagan klublarida ketma-ket 2 va undan ko'p marotaba Kubokda zafar quchishgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia