O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAga yetib bordi

O'zbekiston MTJ delegaciyasi Toshkent-Dubay HY333 havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan 20:25 da Dubay xalqaro aeroportiga yetib bordi.

Delegaciya a'zolari aeroportda pasport nazoratidan avval koronavirusga test topshirdi. Shundan so'ng milliy terma jamoa vakillari “Al-Bustan Rotana” mehmonxonasiga joylashdi.

Test natijalari chiqqunga qadar delegaciyaning har bir a'zosi mehmonxonada o'zini o'zi yakkalash rejimida bo'ladi. Milliy jamoa bugun BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida dastlabki mashgulotlarini o'tkazishi rejalashtirilgan.


Manba: ufa.uz