O'zbekiston MTJ tarkibi e'lon qilindi. Bu safar Yaxshiboev ham chaqirilgan

Tolibjon Qosimov
28 avg 2024
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 sentyabr kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

Jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 5 sentyabr kuni KXDRni qabul qilsa, 10 sentyabr kuni safarda Qirg'iz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.

Narzulla Saydullaev taxmini: Katanets sentyabr oyida terma jamoaga kimlarni chaqiradi?

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar - O'tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi").

Himoyachilar - Umar Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar - Otabek Shukurov ("Kayserispor", Turkiya), Abdulla Abdullaev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor").

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Azizbek Amonov ("Neftchi"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Abbosbek Fayzullaev (SSKA, Rossiya), Jasur Yaxshiboev ("Ordabasi", Qozog'iston), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Oston O'runov ("Persepolis", Eron).



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати