O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi yirik hisobda g'alaba qozondi

Mirjalol Normatov
19 okt 2025
Futzal bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoa Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'ynadi.

III Osiyo yoshlar o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini poytaxtimizda olib borayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida qirg'izistonlik tengqurlariga qarshi ko'rik nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Bahs hamyurtlarimizninig to'liq ustunligi ostida o'tdi va Dilshod Rahmatov shogirdlari yirik hisobida g'alaba qozondi. 

E'tiborli jihatii har ikkala taym bir xil - 4:1 hisobida yakunlandi. Yakuniy hisob esa 8:2 ko'rinishini oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФФ матбуот хизмати