O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2019
Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun, 28 avgust kuni Toshkentda navbatdagi yig'inni boshladi.

JCH-2022 saralashi doirasidagi Falastin bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun milliy terma jamoamiz a'zolari poytaxtimizda yig'in boshlashdi. "Jar" stadionining zaxira maydonida o'tgan mashg'ulotda legionerlardan faqat Sanjar Shoahmedov qatnashdi. Qolgan legionerlar tez orada Toshkentga yetib kelishadi. "Qizilqum" a'zosi Doston Ibragimov esa bugun Superliga 18-turidan o'rin olgan bahsda ishtirok etdi va ertaga yig'inga qo'shiladi.



Yig'inga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar:
Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Sharof Muhitdinov ("Nasaf").

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”). 




Foto: Tolibjon Qosimov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia