O'zbekiston terma jamoasining BAA yig'inida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
10 dek 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi bo'lajak Osiyo kubogi oldidan 11 dekabrdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.

Unda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing. Bir qator legionerlar o'z klublari tarkibidagi o'yinlari sababli terma jamoa yig'iniga keyinroq qo'shilib borishadi.

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev, Valijon Rahimov (OKMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor").

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin"), Farruh Sayfiev, Xojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Umarbek Eshmurodov, G'olib G'aybullaev, Sherzod Nasrullaev, Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Diyor Xolmatov, Azizbek Turg'unboev, Xojimat Erkinov ("Paxtakor"), Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboev, Oston O'runov ("Navbahor"), Azizbek Amonov ("Nasaf"), Shahboz Umarov ("Ordabasi"), Abbosbek Fayzullaev (SSKA)

Hujumchi: Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi").


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати