O'zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniya bilan o'yinda ko'k libosda harakat qiladi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023
O'zbekiston – Ispaniya o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda tashkilotchilar tomonidan jamoalarga ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish va ko'rsatmalar berib o'tildi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 13 oktyabr kuni Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Mazkur bahsda o'zbekistonlik futbolchilar ko'k-oq libosda, darvozabon esa sariq libosda harakatlanadi. 

Uchrashuv ertaga soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати