O'zbekistonlik hakam futzal bo'yicha Osiyo Kubogida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022
Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

"Anatoliy Rubakov qitaning yetakchi hakamlari orasida Kuvaytdagi futzal bo'yicha Osiyo Kubogida faoliyat olib boradi", – deyiladi O'zPFL bergan xabarda.

Ma'lumot uchun, Rubakov Oliy liga 2021/22 yilgi mavsumida 32 ta o'yinda faoliyat yuritdi. U bir necha yillardan buyon OFK tasnifidagi turli musobaqalarda referi sifatida ishlab keladi.

Eslatib o'tamiz, bugun O'zbekiston terma jamoasi nufuzli turnirdagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz 1-turda Turkmanistonni yirik hisobda taslim qilishdi.

Ilhom Hamroev: "O'yinni to'liq nazorat qildik"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz