

"L'Equipe" xabariga ko'ra, 29 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Marsel" rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Fransiya termasi futbolchisini Saudiya Arabistonining "Neom" jamoasi ham o'z safida ko'rmoqchi.
Ekspertlar Pavarning transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda. Bungacha himoyachi "Bavariya", "Shtutgart" va "Lill" jamoalarida harakat qilgan.
Eslatib o'tamiz, Pavar o'tgan mavsum Italiya chempionatida 23 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 4 marta sariq kartochka olgan.



