"Paxtakor" - "Naft". O'yinoldi matbuot anjumani 11:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2015
23 fevral kuni "Paxtakor" - "Naft Tehron" o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Soat 11:00da "Naft" bosh murabbiyi Alirizo Mansurian va bir nafar futbolchi jurnalistlar savollariga javob beradi. 11:30da "Paxtakor" bosh menejeri Samvel Babayan va Akbar Ismatullaev o'z fikrlarini bildirishadi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Naft Tehron" uchrashuvi 24 fevral kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 16:30da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia