"Navbahor" "Paxtakor"ga yutqazdi, Samarqanddagi o'yinda esa Mozgovoy "Nasaf"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Alisher Ostonov
7 iyul 2025
Superliganing 15-turida bo'lib o'tgan o'yinlar videosi

Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tgan o'yinda "Paxtakor" "Navbahor" ustidan 2:0 hisobida ustun keldi. Mehmonlarning 34-daqiqada urgan goli VAR tomonidan bekor qilindi


Superligada turning markaziy o'yinini tasvirga olishi kerak bo'lgan KTS Jizzax shahridan Samarqandga bormagan. Aynan shu sabab, o'yinda VAR texnologiyasidan ham foydalanilmadi. 

O'yin 2:2 hisobida yakunlandi. O'yinda so'nggi golni 85-daqiqada "Nasaf" futbolchisi Akmal Mozgovoy urdi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia