Peter Shmeyxel: "Angliya termasi Sautgeytning ishonchini oqlashmadi"

Mirjalol Normatov
29 iyun 2018
Daniya termasi sobiq posboni Peter Shmeyxel Angliya - Belgiya (0:1) uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Angliya termasida yoshlar juda ko'p, ular Sautgeytning ishonchini oqlay olishmadi. Belgiya termasidagilar qanday terma ekanligini ko'rsatishdi. Ko'pchilik yaxshi o'yin ko'rsata olishdi.

Garet Sautgeyt o'yindan keyin achingan bo'lsa kerak. U o'zlarini ko'rsatgan futbolchilarga imkoniyat bergandi. Endi u keyingi o'yin uchun asosiy tarkibni aniqlab olgan bo'lsa ajab emas", - dedi Shmeyxel.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru