Pike “Barselona”da Puyolni ortda qoldirdi

Eldor Akmurzayev
14 fev 2022
Ispaniya chempionati 24-turida “Barselona” derbida “Espanol” bilan jangovar durang (2:2) o'ynadi.

Jerar Pike kataloniyaliklar safidagi 594-o'yinida maydonga tushdi va bu borada Karles Puyolni (593 bahs) quvib o'tgan holda kuchli beshlikdan joy oldi.

Mazkur natija bo'yicha yetakchi esa Lionel Messi (778) hisoblanadi.

Pike kataloniyaliklar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008 yildan beri “Barsa” sharafini himoya qilib kelmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com