Pirlo: "Agar Pogba "Yuventus"ga qaytsa, bundan hayron bo'lmayman"

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba Turin jamoasiga qaytishga qaror qilsa, bundan hayron bo'lmasligini aytdi.

"Bonuchchining qaytishidan ajablandim, chunki "Milan" bilan bir mavsumdan so'ng u qaytadi deb o'ylamagan edim. Ammo "Yuventus" eng yaxshilarni olishni istaydi, Leonardo esa o'z poziciyasida eng kuchlilardan biri. Pogbaning qaytishi meni hayron qoldirmaydi, chunki "Yuventus" kuchlilarni izlaydi. Agar kimdir ketsa, bu o'sha futbolchi qaytmasligini bildirmaydi" - deydi Pirlo.

Oldinroq, Pogba MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan munosabatlari yaxshi emasligi sabab klubdan kyetishni istayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport