"Portu" Taremi uchun "Milan"dan 30 mln evro so'ramoqda

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2023
"Milan" "Portu" hujumchisi Mehdi Taremini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Portugaliya klubi forvardini sotishga shoshilmayapti va shu sabab narxni tushirmaydi. "Milan" esa e'tiborini boshqa variantlarga qaratish uchun vaqt kamligini tushinib turibdi. 

"Portu" hujumchisi transferidan kamida 30 mln evro ishlab olmoqchi.

Hujumchi o'tgan mavsum Portugaliya jamoasi safida Primeyrada 33 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com