Portugaliya TJ ustozi: “Ronalduning orzusi JCH-2022da g'olib chiqish”

Eldor Akmurzayev
16 mar 2021
Fernandu Santush “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Krishtianu aqlbovar qilmas darajada tayyor holatda. Buning sababi esa u boshqalardan ko'ra ko'p yoki kam gol urganida emas. U terma jamoadagi ishtiroki davomida o'yinlarda borini beradi. Ishonchim komilki, u safimizga avvalgi ishtiyoq bilan keladi, shaxsiy maqsadlarni ko'zlamagan holda jamoaga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun kurashadi.

Bilaman, uning katta orzusi – Jahon chempionati saralashida qatnashib, unga yo'l olish va musobaqada g'olib chiqish. Bu eng oliy maqsaddir, qolganlari esa terma jamoaga taaluqli emas”, deydi Santush.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: A Bola