Postekoglu: "Biz jarohat tufayli hattoki tarjimonimni ham yo'qotdik"

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2025
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoadagi jarohatlanganlar ko'pligi haqida gapirdi.

APL doirasidagi "Everton"ga qarshi o'yindan (2:3) keyin murabbiy qo'l ostida maydonga tusha oladigan bor yo'g'i 11 nafar futbolchi borligini ma'lum qildi.

Yevropa Ligasi doirasida "Xoffenxaym"ga qarshi o'yindan avvalgi matbuot anjumani vaqtida mutaxassis so'zlarini tarjima qilayotgan xodim yo'talib qoladi va Postekoglu hazil tariqasida shunday dedi:

"Biz hattoki tarjimonimni ham yo'qotdik".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: football.london