PSJ futbolchisining uyini 1 oy ichida ikkinchi marta tunashdi

Mirjalol Normatov
25 dek 2018
PSJ hujumchisi Erik-Maksim Chupo-Motingning uyini tunashdi.

Bu voqea kecha, 24 dekabr kuni bo'lgan. Hozircha o'g'rilar tunagan buyumlarning umumiy summasi ma'lum emas. 28 noyabr kuni ham kamerunlikning uyiga o'g'ri tushgandi. O'shanda futbolchining 600 ming evrolik buyumlari o'g'rilab ketilgandi.

Chupo-Moting bu mavsum PSJ tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 1 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal