PSJ Ramos bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Mirjalol Normatov
22 mar 2023
PSJ rahbariyati himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirishga qiziqib qoldi.

"Marca" xabariga ko'ra, klubdagilar futbolchining o'yinlaridan mamnun bo'lishmoqda. Ammo Leo Messi bilan shartnoma imzolashga harakatlar boshlanib yuborilgani fonida Ramosning maoshi tushishi kutilmoqda. Chunki futbolchining maoshi oshishi moliyaviy feyr-pley qoidalariga zid bo'lishi mumkin.

Yaqin vaqtlar ichida tomonlar hamkorlikni davom ettirish borasida muzokaralarni boshlaydi. Himoyachining o'zi ham jamoada qolishga tayyor.

Ushbu mavsumda Ramos LaLiganing 24 o'yinida qatnashib, 1 golli pas berdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca