PSJ Serxio Ramos bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Alisher
1 noya 2021
Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos hali PSJ tarkibida debyut qilmadi.

Tajribali futbolchi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Uning qachon maydonga qaytishi noma'lum.

Bu holat klub rahbariyatini xavotirga solmoqda, ular tiklanishi tezlashmayotgan o'yinchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida o'ylashmoqda.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli himoyachi Parij klubiga erkin agent maqomida o'tdi. U Fransiya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien