PSJ sobiq a'zosi Ronalduga: “Yakunlash vaqti keldi”

Eldor Akmurzayev
31 avg 2022
PSJ sobiq o'yinchisi Jan-Mishel Larke “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'yinidagi pasayish haqida fikr bildirdi.

“Faoliyatini yakunlash vaqti keldi. Ronaldu nafaqaga chiqish bo'yicha qarorini kechiktirmasligi kerak. U ishtirokidagi oxirgi mavsumlarni hech kim eslamaydi deb hisoblayman. Faqatgina uning buyuk davrlari yodimizda qoldi. Krishtianu, tugatish vaqti keldi”, deydi Larke.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli hujumchi joriy mavsum APLda 4 bahsda zaxiradan o'yinga tushib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport