PSJ yarim himoyachisi Guye ikki o'yinga evrokuboklardan chetlatildi

Alisher
4 may 2021
PSJ yarim himoyachisi Idrissa Guye Chempionlar Ligasi yarim final "Manchester Siti"ga qarshi ilk o'yindagi jiddiy foli uchun ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shunday ekan, futbolchi yarim final javob o'yinini va finalni yoki parijliklar "Siti"dan o'ta olishmagan taqdirda kelasi mavsumdagi ilk evrokubok o'yinini o'tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, PSJ o'yinning boshini cho'zgani uchun 30 ming evro jarimaga tortildi. Javob o'yini bugun Manchesterda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com