PSV o'ninchi bor Niderlandiya kubogini qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
17 apr 2022
PSV o'ninchi bor Niderlandiya kubogini qo'lga kiritdi.

Roger Shmidt shogirdlari yarim himoyachilar Erik Guterres va Kodi Gakponing gollari evaziga finalda "Ayaks"ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Amstyerdamliklar safida yarim himoyachi Rayan Gravenberx gol urdi.

Eyndxoven klubi 2012 yildan beri Niderlandiya kubogini qo'lga kirita olmayotgandi hamda 2013 yildan beri finalga chiqa olmagandi.

"Ayaks" ushbu turnirdagi g'alabalar soni bo'yicha (20 ta) g'alaba bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda "Feyenoord" (13), PSV (10) esa uchinchi o'rinda bormoqda.


PSV – Ayaks 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 23 Gravenberx, 1:1 – 48 Guterres, 2:1 – 50 Gakpo.

PSV – Mvogo, Ramalo, Teze, Maks, Getce, Guterres, Sangare, Verman (Bruma, 69), Mauro Junior, Zaxavi (Vertessen, 81; van Ginkel, 90), Gakpo (Doan, 69).

Ayaks – Stekelenburg, Mazraui (Aller, 72), Martines, Timber, Blind, Klassen (Kudus, 86), Alvares (Sxyurs, 72), Gravenberx, Tadich, Bergeys (Ixattaren, 86), Brobbi.

Ogohlantirishlar: Martines (18), Maks (63), Gravenberx (81), Teze (88), Getce (90).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia