Qatar klubi Pastore transferini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
11 yanv 2023
"Qatar" futbol klubi hujumchi Xaver Pastorening o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.

33 yoshli argentinalik hujumchi ettinchi raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.

Xaver Pastore Fransiyaning PSJ va Italiyaning "Roma" jamoalaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Argentinalik futbolchining Yevropadagi so'nggi klubi "Elche" edi.

Pastore Argentina terma jamoasi safida 29 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan beshta golli uzatma amalga oshirgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/QatarSportClub