

Braziliyalik futbolchi bundan xafa emasligi, balki "Barselona" va Braziliya terma jamoasidagi jamoaviy yutuqlaridan faxrlanishini ta'kidladi.
"Oltin to'p" - individual mukofot, ammo futbol - jamoaviy sport turi. "Barselona" va Braziliya terma jamoasi bilan erishgan barcha yutuqlarimga nazar tashlasam, buning uchun qanchalik minnatdor ekanligimni tushunaman, hafsalam pir bo'lmaganini anglayman... Chinakamiga minnatdorman. Bu meni xuddi shu ruhda davom etishga undaydi", – dedi Rafinya.
Avvalroq Rfinya individual mashg'ulotlarga qaytgani haqida xabar berilgan edi.



