O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonovga ko'ra, mazkur o'rtoqlik o'yini borasida Turkiya Futbol Federatsiyasi bilan yakuniy kelishuv tasdiqlangan. 8 iyul kuni Turkiya Futbol Federatsiyasi vakillari Toshkentga kelib, o'yin va mashg'ulotlar bo'lib o'tadigan stadionlarni ko'zdan kechirishdi. Har ikkala terma jamoaning o'yinoldi mashg'ulotlari Toshkentdagi JAR hamda o'yin bo'lib o'tadigan Paxtakor stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Takidlash lozim, Turkiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun JCH-2014 saralashi pley-off uchrashuvlaridan oldingi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 6-10 sentyabr kunlari Iordaniya terma jamoasiga qarshi JCH-2014 saralashi pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 6 sentyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'tkazilsa, javob o'yiniga 10 sentyabr kuni Toshkent shahri mezbonlik qiladi.