Rasman: Akbar To'raev "Olmaliq" bilan shartnoma imzoladi

Toshkent viloyatining "Olmaliq" jamoasi o'z tarkibini "Bunyodkor" darvozaboni Akbar To'raev bilan kuchaytirib oldi.


O'z oldiqa yuqori maqsadlarni qo'yayotgan "Olmaliq" klubi o'z safiga bir qator kuchli futbolchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.

"Bunyodkor" jamoasining sobiq a'zosi Akbar To'raev bugun "Olmaliq" bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi.

Bu ma'lumotni futbolchining o'zi ham tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Akbar To'raev "Bunyodkor" tarkibida Oliy ligada 50ta o'yin o'tkazgan.

Akbar To'raev "Olmaliq" nishonida


Manba: championat.asia