Rasman: APL klubi o'yin kuni bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2025
"Everton" matbuot xizmati Shon Daychning iste'fosini e'lon qildi.

53 yoshli mutaxassis 2023 yilning yanvarida jamoa boshqaruviga kelgandi.

Ayni damda jamoa 19 o'yinda 17 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.

Qizig'i, bugun "Everton" Angliya Kubogi 3-raundida "Piterboro"ga qarshi o'ynaydi. Bunda jamoani Leyton Beyns va Sheymus Koulmen boshqaradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: evertonfc.com