Rasman: "Chelsi" Barklini "Aston Villa"ga ijara berdi

Alisher
30 sen 2020
"Chelsi" yarim himoyachisi Ross Barkli mavsumni "Aston Villa"da o'tkazadi.

Birmingem klubi 26 yoshli angliyalik futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga oldi. Barkli joriy mavsum APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.

Xavbek faoliyatini "Everton"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Futbolchi bundan tashqari "Sheffild Uensdey" va "Lids Yunayted" jamoalarida ijara asosida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AVFCOfficial