RASMAN: "Everton" futbolchisi Gretsiya klubiga o'tdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2018
"Everton" yarim himoyachisi Kevin Miralyas bir muddat Gretsiya klubi sharafini himoya qiladi.

Miralyas joriy mavsum oxirigacha "Olimpiakos"da o'ynaydi. Bu haqda ikkala klub rasmiy saytida e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi futbolchisi 2010-2012 yillarda "Olimpiakos" sharafini himoya qilgan edi. 2012 yilda "Everton" Miralyasni 6 mln. funt evaziga sotib olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia